Men 3D modellashtirish va animatsiya sohalarida faoliyat yuritaman. Blender platformasida 2 yillik tajribaga egaman va fantastik va realistik animatsiyalar yaratishga ixtisoslashganman. Ishlarimda modellar nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki harakatlari bilan ham hayotga keltiriladi. Animatsiyalar esa reallik va fantaziyaning mukammal uyg‘unligini ko‘rsatadi.
Shuningdek, interyer dizayni sohasida ham faoliyat yuritaman, bu tajriba 3D modellashtirishdagi ishlarga ham tasir qiladi. Makonlarni dizaynlashda texnik va vizual jihatlarni birlashtira bilaman.